AsosiyDunyo

Turkiyada ishlab chiqarilgan soxta dollarlar Qirg`iziston va O`zbekistonda qayta sotildi (video)

'Turkiyada ishlab chiqarilgan soxta dollarlar Qirg`iziston va O`zbekistonda qayta sotildi (video)'ning rasmi

Bishkekda Qirg`izistonda qalbaki pullarning noqonuniy muomalasi bilan shug`ullangan jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi. Bu haqda Sputnik.kg xabar bermoqda.

Unga ko`ra, O`zbekiston va Turkiya fuqarolari bilan oldindan til biriktirib qo`lga olinganlar Qirg`iziston va O`zbekistonda qalbaki pullarni qayta sotishgan. Ma`lum bo`lishicha ular Turkiyada ishlab chiqarilgan.

"Ayni kunlarda O`zbekiston va Qirg`iziston hududida qalbaki pul ishlab chiqarish va savdosi bilan shug`ullangan shaxslarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazilmoqda" deb yoziladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar