AsosiyDunyo

AQShning Ukraina uchun puli tugayapti

'AQShning Ukraina uchun puli tugayapti'ning rasmi

Oq uy Kongressga 2023 yil oxirigacha Ukrainaga yordam berish uchun ajratiladigan resurslar tugashini ma`lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Oq uy boshqaruv va byudjet bo`limi rahbari Shalanda Yang Kongress rahbarlariga maktub yo`lladi. Unda yil oxirigacha Ukrainaga yordam ko`rsatish uchun mablag` butunlay tugab qolishi haqida ogohlantirilgan.

“Bizda bu vaziyatni engish uchun sehrli moliyaviy qozon yo`q. Pulimiz va deyarli vaqtimiz tugadi. Harakatsizlik Ukrainani jang maydonida tiz cho`ktiradi, bu nafaqat Ukrainaning yutuqlarini xavf ostiga qo`yadi, balki Rossiya harbiylarining g`alaba qozonish ehtimolini ham oshiradi”, — dedi Oq uy vakili.

    Boshqa yangiliklar