AsosiyDunyo

Qirg`izistonda Gonkong grippi bilan kasallanish holatlari qayd etildi

'Qirg`izistonda Gonkong grippi bilan kasallanish holatlari qayd etildi'ning rasmi

Qirg`izistonning O`sh shahrida Gonkong grippi qayd etildi, deya xabar bermoqda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xabariga tayangan Sputnik.

Xabarda aytilishicha, hozirda kasallanishlar soni aniq emas. 

Mamlakatda o`tgan haftada Qirg`izistonda 5737 nafar gripp va O`RVI bilan kasallanish holatlari aniqlangan, bu o`tgan yilga nisbatan 1,7 barobar kamdir. 14 yoshgacha bo`lgan bolalar eng ko`p zarar ko`rgan (3858 ta holat).

  • Shifokorlar kasal bo`lmaslik uchun oddiy qoidalarga amal qilishni tavsiya qiladilar:
  • niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash;
  • aksirish paytida og`iz va burunni yopish;
  • muntazam ravishda qo`lni yuvish, xonani ventilyasiya qilish.

Ma`lumot uchun, Gonkong grippi tez rivojlanishi bilan ajralib turadi, birinchi epidemiya 1960 yillarning oxirida Gonkongda qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar