1

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Qozog`istonga majburiy qo`ndirildi

Jinoyat 05.12.2023, 15:36
Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Qozog`istonga majburiy qo`ndirildi

Moskva-Termiz yo`nalishida uchayotgan samolyot Aqto`bega qo`ndi, deya xabar bermoqda "UZBEKISTAN AIRPORTS".

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva – Termiz yo`nalishida uchayotgan HY9610 reysi yo`lovchilardan birining sog`lig`i yomonlashib qolgan. Shu sababli Aqto`be (Qozog`iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo`l oldi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:28 da Aqto`bega qo`ngan. Havo kemasi yaqin soatlarda manzil aeroporti - Termizga uchib ketishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1