Evropa Ligasi musobaqasining 4-tur uchrashuvlari o`z yakuniga etdi vaEvropa futbol ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati mazkur turning ramziy terma jamoasini e`lon qildi.
Avvalroq Evropa Chempionlar ligasi 4-tur ramziy termasi ma`lum bo`lgani haqida xabar berilgandi. Quyida Evropa Ligasi 4-tur ramziy termasidan o`rin olgan futbolchilar bilan tanishing.
Darvozabon: Farmann (“Shalke-04”);
Himoyachilar: Van Deyk (“Sautgempton”), Sadigov (“Karabax”), Churuksu (“Osmanlispor”);
Yarim himoyachilar: Xvang (“Red Bull”), Juliano (“Zenit”), Stanchu (“Anderlext”), Tayson (“Shaxtyor”);
Hujumchilar: Edin Jeko (“Roma”), Aris Aduris (“Atletik Bilbao”), Mussa Sou (“Fenerbaxche”).






