1

O`zbekiston delegasiyasi boks bo`yicha Armanistonda o`tkazilgan Jahon chempionatida 3-o`rinni egalladi

Sport 05.12.2023, 18:28
O`zbekiston delegasiyasi boks bo`yicha Armanistonda o`tkazilgan Jahon chempionatida 3-o`rinni egalladi

Armaniston poytaxti Erevan shahrida boks bo`yicha o`smirlar o`rtasida Jahon chempionati o`tkazildi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Armanistondan keyin uchinchi o`rinni egalladi. So`nggi kun dasturida o`tkazilgan finallarda ringga ko`tarilgan 3 ta bokschimiz ham g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. 

G`olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:

-57 kg: Sevara Mamatova
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
-60 kg: Feruzjon Sa`dullaev
+80 kg: Islom Salihov

Kumush medal:

- 46 kg: Maftuna Musurmonova
- 75 kg: Maftuna Yangieva
- 63 kg: Hikmatillo O`lmasov

Bronza medal:

- 46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
- 66 kg: Akbar Ahmadov
- 50 kg: Husan Qahhorov
- 70 kg: Norbek Abdullaev. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1