AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

'Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi'ning rasmi

Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 08:55 lar atrofida Choshtepa bekatidan harakatlanishi lozim bo`lgan 8-sonli harakat tarkibi poezdda kuzatilgan texnik nosozlik tufayli harakatlana olmagan. Buning natijasida esa ortidan kelayotgan 14-sonli harakat tarkibi bekat band bo`lganligi sababli, bekat kirish svetofori oldida 5 daqiqa vaqt mobaynida to`xtab turgan. Bu haqda  "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.  

Nosozlik kuzatilgan harakat tarkibidagi yo`lovchilar bekat platformasiga tushirilgan va bu harakat tarkibi 09:02 da tekshiruv yo`lagi tomon yuborilgan.  

Hozirgi vaqtda yo`nalishdagi poezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.  

"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo`lovchilardan uzr so`raymiz", deyiladi xabarda.  

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar