“Konstitusiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” degan bosh g`oya asosida hududlarda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi keng nishonlash bo`yicha bo`yicha ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo`lib o`tmoqda.
Jumladan, 4-7 dekabr kunlari Adliya vazirligi hamda TDYuUning mas`ul xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi 318 ta umumiy o`rta ta`lim maktablaridaYangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini o`quvchilariga etkazish maqsadida “Konstitusiya darslari”ni o`tkazish bo`yicha tegishli tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu tadbirlar doirasida jorniy yilning 4 dekabr Toshkent shahrining Bektimer, M. Ulug`bek, Mirobod, Olmazor va Uchtepa tumanida joylashgan 102 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida vazirlikning mas`ul xodimlari tomonidan Konstitusiya darslari o`tkazilib, o`quvchilarga Konstitusiyaning yaratilish tarixi, fuqarolarning huquq, majburiyatlari va burchlari, shuningdek yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularga qo`shimcha imkoniyatlar yaratish borasidagi kiritilgan yangi normalar haqida hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
O`tkazilgan interaktiv darslarda o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkazildi va ularning huquqiy bilim-ko`nikmalari oshirildi hamda ularning kelgusida egallashni maqsad qilgan kasblari yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi






