AsosiyJamiyat

“Yozib berilayotgan retseptda na shifokor nomi bor, na klinikani. Dori kasalga reaksiya bersa, kim javob beradi?” (video)

'“Yozib berilayotgan retseptda na shifokor nomi bor, na klinikani. Dori kasalga reaksiya bersa, kim javob beradi?” (video)'ning rasmi

Joriy yilning 4 dekabr kuni Navoiy viloyatida tibbiyot va farmasevtika sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda sohadagi mavjud kamchiliklar tahliliga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. 

Yig`ilishda viloyati hokimi Normat Tursunov shifokorlar tomonidan dori-darmon reseptini turli qog`ozlarga istalgan ko`rinishda yozib berish holatlarini tanqid qildi.

"396 ta tibbiyot muassasasida 2114 nafar tibbiyot xodimi dori yozib berish huquqiga ega. Shunday qarab, qanaqa qog`oz bo`lsa yozib beradi. Retsepda na yozib bergan shifokorni familyasi bor, na klinika nomi bor. Bu dori kasalga reaksiya bersa kim javob beradi?",– dedi viloyat hokimi. 

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, viloyatimizda tibbiyot sohasiga bundan olti yil oldin 220 mlrd. so`m mablag` ajratilgan bo`lsa, joriy yilning o`tgan davrida 3,5 barobar ko`p mablag` ajratilib, 733 mlrd. so`mni tashkil qildi, birgina mahalliy byudjetdan 100 mlrd. so`mdan ortiq mablag`lar sohaga yo`naltirildi.

So`ngi 2 yil ichida 27 ta oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar yangidan barpo etildi va bu maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan 30 mlrd.so`mga yaqin mablag` ajratildi, yaqindagina Xatirchi va Qiziltepa tumanlarida har biri 4,9 mlrd so`mlik 2 ta oilaviy poliklinikalarni yangidan qurish bo`yicha ishlar boshlab yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar