AQShning Kentukka shtatidagi Makkabinlar fermasida Laki laqabli ikki boshli buzoqcha yashaydi. Uning laqabining ma`nosi “Baxtli” deya tarjima qilinadi. Avvaliga bu fermada tug`ilgan ikki boshli buzoqcha hammani hayratga soldi, biroz muddatdan o`tgach esa u hammaning erkatoyiga aylandi, deb yozadi “Vesti”.
Hatto, buzoqchaning egalari uning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasini ochdi.
Fermerlarning so`zlariga ko`ra, buzoqcha kichkinaligida muvozanatni saqlashga qiynalar edi. Hozir esa vaziyat o`zgardi va Laki boshqa sigirlar bilan birga yaylovga chiqmoqda.


“U bizning kichkintoyimiz. U atrofimizda o`ralashib, sayr qilib yuradi. Men uning boshini silab, u bilan suhbatlashaman”,—deydi buzoqchaning egasi.





