AsosiyDunyo
2040

G`azodagi urush qurbonlari soni 17 mingdan oshib ketdi

'G`azodagi urush qurbonlari soni 17 mingdan oshib ketdi'ning rasmi

G`azo sektorida Isroil va Falastinning HAMAS harakati o`rtasidagi urush qurbonlari soni 17 177 kishiga etdi. Bu haqda Al Hadath Falastin sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Unga ko`ra, 46 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, birgina so`nggi 24 soat ichida 350 kishi halok bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Isroilning Falastinning Hamas harakati bilan urushi 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroil hukumati qurbonlar sonini 1,2 ming kishi deb hisoblagan. 22 noyabr kuni tomonlar o`t ochishni to`xtatish bo`yicha kelishib oldilar va bu kelishuv bir necha bor uzaytirildi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi G`azoda operasiyani qayta boshladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar