1

WBA reytingi yangilandi: to`rt nafar o`zbek bokschisi birinchi o`rinda

Sport 09.12.2023, 18:08
WBA reytingi yangilandi: to`rt nafar o`zbek bokschisi birinchi o`rinda

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) noyabr oyi yakunlariga ko`ra yangilangan reytingni e`lon qildi.

Ushbu reytingdan 7 nafar bokschimiz o`rin olgan. Ayni paytda ularning 4 nafari o`z vaznlarida peshqadamlik qilishmoqda.

Bokschilarimizning o`rni o`tgan oydagi kabi - o`zgarishsiz qolgan:

Hasanboy Do`smatov - (minimal vazn) 2-o`rin;

Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) 1-o`rin;

Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 1-o`rin;

Botir Ahmedov (super engil vazn) - 7-o`rin;

Shahram G`iyosov (yarimo`rta vazn) - 1-o`rin;

Isroil Madrimov (super yarim o`rta vazn) - 1-o`rin;

Bektemir Meliqo`ziev (super o`rta vazn) - 6-o`rin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1