AsosiySport

Messi “Barselona” uchun 500-golini kiritdi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Sevilya”ga qarshi (2:1) Ispaniya chempionatida gol kiritib, jamoasining g`alabasiga o`z hissasini qo`shdi.

"iSport.ua" nashrining ma`lum qilishicha, uchrashuvning 43-daqiqasida argentinalik hujumchi Neymarning uzatmasidan so`ng gol kiritdi. Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi kataloniyaliklar libosida 500-golini kiritdi. 

"Barselona" matbuot xizmatining qayd etishicha, Messi 500 ta goldan 469 tasini rasmiy o`yinlarda, 31 tasini norasmiy bellashuvlarda kiritgan. 

Boshqa yangiliklar