Toshkent viloyatida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta`minlash maqsadida, qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tegishli qarorni imzoladi.
Viloyatdagi 11 ming 250 gektar maydonlarda tomchilatib sug`orish, 17 ming 315 gektar maydonda yomg`irlatib sug`orish, 2 ming 600 gektar qishloq xo`jaligi ekin maydonlarida diskretli sug`orish texnologiyalaridan foydalanish hamda 12 ming 174 gektar maydonlarda lazer uskunali tekislagichlar bilan erlarning tekislanishini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bu bo`yicha ishchi guruh shakllantiriladi. Shuningdek, qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning bilim va ko`nikmalarini oshirish maqsadida, "Suvchilar maktabi" maxsus o`quv kurslari tashkil qilinishi ko`zda tutilgan.