AsosiyDunyo
2336

Rossiya bug`doy eksportini taqiqladi

'Rossiya bug`doy eksportini taqiqladi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasida bug`doy eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi, u 2024 yil 31 maygacha amal qiladi, deb xabar berdi  Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

"Rossiya mamlakatdan bug`doy eksportiga vaqtinchalik cheklov kiritmoqda. Bu haqda buyruq imzolandi", deyiladi xabarda. Aniqlik kiritilishicha, vaqtinchalik cheklov “hukumat qarori e`lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va 2024 yil 31 maygacha amal qiladi”.

“Qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan bo`lib, ichki bozorda bug`doy mahsulotlari narxlari bilan bog`liq barqaror vaziyatni saqlashga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.

Bug`doyni EOIIga a`zo mamlakatlar – Armaniston, Belarus, Qirg`iziston va Qozog`istonga belgilangan kvotalar doirasida va Qishloq xo`jaligi vazirligi ruxsati bilan eksport qilishga ruxsat etiladi.

Soha mutaxassislari eksportni vaqtincha yopish  yirik eksportyorlar ishiga ta`sir qilmasligini tushuntirgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar