AsosiyJamiyat

Toshkentda muzlagan yo`lda boshqaruvni yo`qotgan elektrobus simyog`ochga urildi

'Toshkentda muzlagan yo`lda boshqaruvni yo`qotgan elektrobus simyog`ochga urildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus beton simyog`ochga urilgan aks etgan videolavhalar tarqaldi. 

"Toshshahartransxizmat" holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi

Unda aytilishicha, bugun, 14 dekabr kuni soat 09:15 larda Yutong rusumli 53-sonli yo`nalish elektrobusi haydovchi A.A. (11 yillik stajga ega) boshqaruvidagi elektrobus Uchtepa tumani, O`rikzor mahallasi Zarafshon ko`chasi bo`ylab harakatlanib borayotgan vaqtda yo`ldagi muzlama sababli boshqaruvni yo`qotib yo`l chetidagi beton simyog`ochga (stolba) borib urilgan.

Mazkur yo`l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yutong rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar