AsosiyJamiyat

Chiroqchida murojaatni o`rganayotgan kadastr xodimini haqorat qilib,unga to`sqinlik qilgan shaxsga qonuniy chora ko`rildi

'Chiroqchida murojaatni o`rganayotgan kadastr xodimini haqorat qilib,unga to`sqinlik qilgan shaxsga qonuniy chora ko`rildi'ning rasmi

Chiroqchi tumanida Kadastr agentligining tuman bo`limi Bosh inspektorini haqorat qilib, o`z vazifasini bajarayotgan xodimga to`sqinlik qilgan shaxsga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi darakchi.uz'ga xabar bermoqda. 

2023-yilning 14 noyabr sanasida tumandagi "Qirg`iz" MFY hududiga ortiqcha er maydonini noqonuniy egallab olinganligi holati bo`yicha fuqaro murojaatini o`rgangani borgan Bosh inspektorni fuqaro M.X yashash uyi oldida uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, tanjarohati etkazmoqchi bo`lgan.

Tumandagi Madaniyat markazida o`tkazilgan sayyor sud majlisida fuqaro haqiqatdan ham huquqbuzarlik harakatlarini sodir etganligi hujjatlarda va boshqa dalillar orqali o`z isbotini topdi.

"Jinoyat ishlari ishlari bo`yicha Chiroqchi tumani sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan 7 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar