AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qishga etarlicha tayyorgarlik ko`rilganmi?

'O`zbekistonda qishga etarlicha tayyorgarlik ko`rilganmi?'ning rasmi

Qor yog`ib, sovuq kunlar tushishi bilan energetika tizimi asosiy muhokama mavzusiga aylandi. Jamoatchilikning savoli bitta: qishga etarlicha tayyorgarlik ko`rilganmi?

Bunga javoban quyidagi raqamlarni aytish mumkin, xulosani esa o`zingiz qilasiz:

  • Respublika bo`yicha jami 100 ta yuqori kuchlanishli podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi;
  • 675 megavattga teng yangi quvvatlar ishga tushirildi, yil oxirigacha yana 1997 megavattli 8 ta yirik elektr stansiyasi ish boshlaydi;
  • Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta`minlash maqsadida qo`shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilindi. Erosti omborlarida etarlicha gaz zaxirasi jamlandi.

Yurtimizga rostmana qish kelib, havo harorati keskin pasayib ketdi. Albatta, bunda tizimga bosim ortib, ta`minotda muammolar bo`lishi mumkin, lekin ular zudlik bilan hal qilinadi. Nega buni ishonch bilan gapiryapmiz?

Chunki hozir energetika sohasi 24 soatlik ish rejimiga o`tkazilgan. Mas`ul tashkilotlar barcha muammoni o`sha zahoti echish uchun shay holatga keltirilgan. Qariyb 7 ming 200 nafar xodimni o`zida jamlagan 1 ming 691 ta brigada tunu kun har qanday vaziyatga tayyor.

Shunday sovuq kunlarda nafaqat davlat, balki barchamiz aql bilan ish tutishimiz, bizning ko`zimizga cheksiz va tuganmas bo`lib ko`rinayotgan energiya resurslarini asrab-avaylashimiz kerak. Elektr tarmoqlariga turli isitish moslamalarini ulashda ushbu uy uchun mo`ljallangan normadan oshirib yubormasligimiz lozim.

    Boshqa yangiliklar