AsosiyJamiyat

Mavsum mavzusi: yana ikki hududda aholiga ajratilgan ko`mir talon-toroj qilindi

'Mavsum mavzusi: yana ikki hududda aholiga ajratilgan ko`mir talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo va Guliston tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Ko`mir ta`minot” MChJning “Baxt” va “Boyovut” ko`mir ombori mas`ul shaxslari va boshqalar ushbu tumanlardagi 114 nafar fuqaro nomidan arzon narxlarda ko`mir olganligi to`g`risidagi soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 309,9 tonna ko`mirni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar