So`nggi haftada 4 yoshli saratonga chalingan qizaloq hayotining so`nggi lahzalari aks etgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini larzaga soldi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.
Tibbiyot xodimlarining ma`lumot berishicha, 4 yoshli Jessikaning bir haftalik umri qolgan. Qizining kasallik tufayli aziyat chekayotganini ko`rgan otasi uning so`nggi lahzalari aks etgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
“Hozirda sochlari qirib tashlangan, kasalxona palatalarida mashhur yulduzlar va tibbiyot xodimlari qurshovida kulib turgan bolalarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab uchraydi. Ammo bedavo kasallikka chalingan norasidalar labida har kuni ham tabbassum o`ynamaydi, ular bu dard tufayli azob chekadilar. Saraton so`nggi lahzalarda bolalarni qay ahvolga solishini boshqalarga ko`rsatishni zarur deb hisobladim. Bu suratlar aynan farzandimga yordam ko`rsatish, uning og`riqlarini biroz bo`lsa-da, engillatish qo`limdan kelmagan onlarda suratga tushirilgan”, deydi qizchaning otasi.
Tibbiyot bedavo dard oldida ojiz bo`lgani uchun Jessikaning ota-onasi uni uyga olib ketishga qaror qildi. Nihoyasiz qon tahlillari, yangidan-yangi kasalxonalar, vrachlar mo``jiza yarata olmadi, hech kim qizchaning dardiga davo topolmadi.
Qizining dahshatli og`riqlarni boshdan kechirayotganini ko`rgan ota uning bir kun bo`lsa ham umrini uzaytirish uchun kasalxonada yotqizish behudaligini tushunib, so`nggi lahzalarda oilasi davrasida bo`lgani ma`qulligini tushundi.
Jessikaning ota-onasi vaqti kelib, Er yuzidagi birorta bolakay bu darddan azob chekmasligiga, saratonga qarshi dori-darmon topilishiga, birorta ota-ona jon taslim qilayotgan bolasiga yordam bera olmay, tomoshabin bo`lib o`tirmasligiga ishonadi...
04.05.2022, 18:07
Ayni paytda “Turkiston” san`at saroyida 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan ta`sis etilgan jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti xalqaro tanloviningg`olib ...06.08.2021, 17:47
CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...02.07.2021, 17:11
“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir...04.06.2021, 17:58
Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...