AsosiyJamiyat

Qirg`izistonda uchinchi farzand tug`ilgani uchun 3 yil nafaqa berish taklif qilindi

'Qirg`izistonda uchinchi farzand tug`ilgani uchun 3 yil nafaqa berish taklif qilindi'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi Jo`qori Kengash deputati Kamila Talieva mamlakatda tug`ilishni rag`batlantirish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqqani haqida ma`lum qildi.

U 2025 yil 1 yanvardan boshlab uchinchi farzandi uch yoshga to`lgunga qadar nafaqa to`lashni taklif qilmoqda. Baland tog`li hududlarda, agar farzandlarning soni uchtaga etsa,  oilaning moddiy ahvolidan qat`i nazar barcha bolalar uchun nafaqa to`lanishi taklif etilgan.

Deputat mamlakatimizda keksalar soni ortib borayotgani, yoshlar esa kamayib borayotganini ta`kidladi.

“So`nggi to`rt yilda bolalar tug`ilishi pasayib bormoqda.Milliy statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yilda 173 ming, 2021 yilda esa 150 mingta chaqaloq tug`ilgan. 2022 yilda esa bu ko`rsatkich yana 5 foizga kamaygan. Keksalar soni  uch yil oldin  aholining 10 foizini tashkil qilgan bo`lsa, hozir bu ko`rsatkich 11 foizga etdi. BMT prognozlariga ko`ra, 2030 yilga borib 60 yoshdan oshgan fuqarolar soni uch barobar ortadi. Biz millatning qarishini oldini olish uchun g`amxo`rlik qilishimiz kerak”, — dedi Talieva.

U “Oltin bola” dasturi va tegishli qonun loyihasini ishlab chiqqanini aytdi. Maqsad - demografik siyosatni takomillashtirish va tug`ilish darajasini rag`batlantirishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar