Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi darxon” mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq bo`lgani haqida ma`lumot tarqaldi.
Holat bo`yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi, uzsanoat xavfsizligi va barcha mas`ullar o`rganish ishlarini olib borishdi.
Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta`minotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma`lum bo`ldi.
Mas`ullar qiz va uning oilasi bilan suhbatlashishdi. Qizning axvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy.






