AsosiyJamiyat

Bugun kechka tomon 4 ta viloyatda yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda

'Bugun kechka tomon 4 ta viloyatda yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 4-9° iliq, shimolda 3-8° sovuq bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda  ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar