AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati IIB MMA jangchisi Humoyun To`xtamurodovni ochiqda yurganligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi (video)

'Farg`ona viloyati IIB MMA jangchisi Humoyun To`xtamurodovni ochiqda yurganligi haqidagi mish-mishlarni  rad etdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 27 noyabr sanasida Respublika bo`ylab o`tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari doirasida MMA jangchisi Humoyun To`xtamurodov Qo`qon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati etkazib, hodisa joyidan yashiringani va  voqea ortidan sportchi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangani xabar qilingan edik.

Unga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan 3 oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda sportchining ochiqda yurganligi haqidagi mish-mishlar rad etildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

“Bu erdagi har bir daqiqamda o`zim uchun tegishli xulosalarni chiqaryapman. Bundan keyin salbiy holatlar qaytarilmaydi”, deydi sportchi. 

 

    Boshqa yangiliklar