AsosiyJamiyat

Sovuq havo tez chekinyapti. O`zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani aytildi

'Sovuq havo tez chekinyapti. O`zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani aytildi'ning rasmi

Ushbu haftaning birinchi yarmida qor va sovuq ob-havo olib kelgan sovuq antisiklon O`zbekiston hududidan tez chekinmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5o sovuqqacha kuchsizlashadi, bugun kunduzi esa havo 4-9o iliqqacha isiydi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat 3-8o sovuq atrofida bo`ladi.

Bugun kunduzi O`zbekiston hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubiy va janubi-g`arbiy hududlarida kechga tomon ba`zi joylarda asosan yomg`ir ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik bo`ladi.

Ertaga janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg`ir va qor ko`rinishida biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Kunduzgi havo harorati 0-5o iliqgacha biroz pasayadi.

Tog`li hududlarda asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.

17 dekabr-yakshanba kuni respublikning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0-5o sovuq, shimolda 5-10o sovuq, kunduzi 2-7o iliq bo`ladi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun va yakshanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 15 dekabrda 6-8o iliq, 16-17 dekabrda kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 16 dekabrda 0-2o iliq, 17 dekabrda 3-5o iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar