AsosiyJamiyat

Toshkentda 11-sinf o`quvchisi maktab oshxonasida "dimavushka" tutatdi

'Toshkentda 11-sinf o`quvchisi maktab oshxonasida "dimavushka" tutatdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Yunusobod tumanidagi 97-maktab o`quvchilari bu ketishda maktabni portlatib yuborishadi" sarlavhasi ostida video xabarlar tarqaldi. 

Mazkur holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o`rganildi

Unga ko`ra, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 10.15 larda Yunusobod tumani 97-sonli umumta`lim maktabining oshxonasida 11-«A» sinf o`quvchisi I.J. tanaffus vaqtida  yonida bo`lgan "Dimavushka" nomli qo`lbola yasalgan kuchli tutun chiqaruvchi moddani tutatganligi aniqlandi. Bu hodisani shu maktabning 9-«V» sinf o`quvchisi A.A. esa o`zining uyali telefoni orqali videotasvirga olgan va instagramm  ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashtirgan hamda  tarqatgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar