"Alfons. Baxt ovchisi" serialida bosh qahramonlardan biri — Lobar rolini ijro etgan yosh aktrisa ustidan fuqaro Ichki ishlar idorasiga shikoyat qildi. Bu haqda aktrisaning o`zi ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan videomurojaati orqali ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, serialni ko`rgan tomoshabinlardan biri asabiylashib, qon bosimi ko`tarilgan va buning uchun u aktrisa ustidan IIBga shikoyat qilgan.
"Meni ROVDga chaqirtirishdi, serialdagi rolim sabab, ustimdan shikoyat qilishibdi. Shikoyatning kulguliligini qarang: rolimni ko`rib qon bosimi oshgan fuqaro, davolanishi uchun dori-darmonlarni olib berishimni talab qilibdi", - deydi aktrisa.






