AsosiyJamiyat

O`zbekistonda farzandining kontraktini to`lovchi ota-onalar daromad solig`ini to`lashdan ozod qilinmoqda

'O`zbekistonda farzandining kontraktini to`lovchi ota-onalar daromad solig`ini to`lashdan ozod qilinmoqda'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Majlisida “O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga professional va oliy ta`lim olishni yanada rag`batlantirishga qaratilgan o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksining 378-moddasiga o`zgartirish va qo`shimcha kiritilmoqda. Ya`ni, farzandi respublikadagi professional va oliy ta`lim tashkilotlarida tahsil olayotgan soliq to`lovchi uning o`qishiga yo`naltirgan mablag`lar qismi uchun daromad solig`ini to`lashdan ozod etilishi belgilanmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, ushbu imtiyozdan faqatgina talaba farzandi 26 yoshga to`lmagan ota-onalar foydalanar edi.

Endilikda, mazkur tartibning joriy etilishi bilan ota-onalarga farzandlarining yoshidan qat`iy nazar ularning ta`lim olishi uchun yo`naltirilgan mablag`lari qismiga soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Qizg`in bahs-munozaralardan so`ng qonun loyihasi qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar