AsosiyDunyo
5831

Boshqirdistonlik bolalar maktabga borish uchun bolta bilan qurollanishdi

Boshqirdistonning Burzyan tumanidagi Yamash qishlog`ida yashovchi bolalar maktabga bolta bilan qurollangan holda bormoqda, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ota-onalar farzandlari bolta bilan o`zlarini ayiqdan himoya qilishlari mumkin, deb hisoblaydi. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan, bolta ko`targan bolalar aks etgan videorolik ahvol qanchalik jiddiyligidan darak beradi. Yamash qishlog`idagi maktab yopilgandan keyin bolalar o`qishni davom ettirish uchun o`rmon orqali qo`shni qishloqqa qatnashga majbur bo`lishdi. Bu erdan avtobus ham yurolmaydi.

Ovchilarning ma`lumot berishicha, bolta bolalarni yirtqich hayvondan himoya qilolmaydi. Ular qishloq ahliga bolalarning qo`liga gaz ballonchalari va paqildoqlar berishni maslahat berdi, chunki ayiqlar begona hid va baland tovushdan qo`rqar ekan.

Boshqa yangiliklar