Joriy yilning 11 oyi davomida fuqarolardan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo`yicha 112 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, shikoyatlarning 104 mingdan ortig`i chek bermaslik haqida.
"Tadbirkorlik sub`ektlari onlayn-NKTlardan foydalanishi hamda xarid to`lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat`i nazar mijozlarga QR-kodli chek taqdim etishlari shart.
Tovar yoki xizmatlar uchun P2P o`tkazmalari orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.
Onlayn-NKT qo`llamaslik va xaridorga chek bermaslik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo`ladi", - deya ogohlantirmoqda qo`mita.






