Bolqondan Moskvaga etib kelgan "Vanya" sikloni kuchli qor yog`ishiga sabab bo`ldi. Bir kechada poytaxtga oylik yog`ingarchilikning beshdan bir qismi to`g`ri keldi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV.
Sinoptiklarning ma`lumotlariga ko`ra, 24 soat ichida qor ko`chkilarining balandligi yarim metrga etgan. Bu so`nggi 63 yildagi eng kuchli qor bo`lgani aytilmoqda.
Haftaning eng qorli kuni 15 dekabr, juma kuni bo`ladi. kunduzi -9... -5, kechasi -10 ... -7 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda. Qayd qilinishicha, O`rta er dengizi sikloni Moskvaga kuniga 19-24 millimetrgacha yog`ingarchilik keltiradi.






