AsosiyJamiyat

Pensiya va boshqa to`lovlarni to`lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi belgilandi

'Pensiya va boshqa to`lovlarni to`lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (661-son, 14.12.2023 y.) bilan “Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa to`lovlarni to`lash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi to`g`risida”gi nizom qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko`ra, ijtimoiy soliq soliq to`lovchilar tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqariladi.  

Ijtimoiy soliq yuridik shaxslar tomonidan qo`shimcha to`lov, bolalar sog`lomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning ta`minoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning to`liq hajmida o`tkaziladi.

Yuridik shaxslar ijtimoiy soliq to`lanishi bo`yicha hisob-kitoblarni o`zlari soliq to`lovchi sifatida ro`yxatga olingan soliq xizmati organlari bilan birgalikda yuritadi.

Yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida ish haqi shaklidagi daromadlardan ijtimoiy soliqning hisoblab yozilishi va o`tkazilishi, shuningdek, qo`shimcha to`lov to`lash bilan bog`liq xarajatlarning aks ettirilishi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo`yicha esa – keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay amalga oshiriladi.  

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamg`armasi mablag`larining qoplanishi bo`yicha kelib tushgan mablag`larga oid ma`lumotlar elektron shaklda Soliq qo`mitasiga taqdim etiladi.

Pensiya jamg`armasining pensiyalarni to`lashga ajratilgan xarajatlari yuridik shaxslar tomonidan o`z vaqtida qoplanmagan taqdirda, qoplanishi lozim bo`lgan summaning har bir kechiktirilgan kuni uchun qarzdorlik summasining 100 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda penya hisoblanadi va undiriladi.

Pensiya jamg`armasi hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablag`lar asosida taqdim etilgan talabnomalarga ko`ra 2 ish kunida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtiradi.

 

    Boshqa yangiliklar