AsosiyJamiyat

Prezident Suma Chakrabarti bilan bir qator masalalar bo`yicha maslahatlashib oldi

'Prezident Suma Chakrabarti bilan bir qator masalalar bo`yicha maslahatlashib oldi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 15 dekabr kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning borishi va kelgusi rejalar ko`rib chiqildi.

Investisiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xorijdagi etakchi kompaniya va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni ilgari surish bo`yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi jarayoni va mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o`rnini yuksaltirish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar