AsosiyJamiyat

O`zbekiston terma jamoasi Rossiyada o`tkazilgan xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida to`rtta medalni qo`lga kiritdi

'O`zbekiston terma jamoasi Rossiyada o`tkazilgan xalqaro ilmiy fizika olimpiadasida to`rtta medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Joriy yilning 4-11 dekabr kunlari Moskva fizika-texnika institutida 1-Xalqaro ilmiy fizika olimpiadasi tashkil etildi.

O`zbekiston Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi ma`lumotiga ko`ra, ushbu olimpiada 2023 yilda Respublika miqyosidagi olimpiadalarda g`olib bo`lgan maktab bitiruvchilari o`rtasida bo`lib o`tdi.


Mazkur olimpiadada 24 ta davlatdan jami 87 ta ishtirokchi matematik modellashtirishga asoslangan nazariy fizika bo`yicha ilmiy masalalarni bajarishdi.

Mazkur fan olimpiadasi to`rt nafar o`quvchidan tashkil topgan O`zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi. Yakunda yurtimiz sharafini himoya qilgan o`quvchilarimizning barchasi medallarga sazovor bo`ldi.

Quyida xalqaro olimpiadada g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilar bilan tanishing:

-Jaloliddin Boymahammadov – Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – kumash medal va milliy olmos medali;

-Javohir Sultanov – Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi – kumush medali;

-Mirshodjon Rajabov – Moskva muhandislik-fizika instituti talabasi – bronza medali;

-Jasurbek G`ulomjonov – Namangan viloyati Chust tumani 71-maktab bitiruvchisi – bronza medali.

    Boshqa yangiliklar