AsosiySport

Xurshid Tojiboev Fransiyada mezbon bokschini texnik nokautga uchratdi (video)

'Xurshid Tojiboev Fransiyada mezbon bokschini texnik nokautga uchratdi (video)'ning rasmi

Professional bokschimiz Xurshid Tojiboev prof ringdagi ettinchi jangini Fransiyaning Lion shahrida o`tkazdi. Bu haqda Boks federasiyasi xabar bermoqda.



Palais Des Sports De Gerland arenada o`tkazilgan boks oqshomida hamyurtimizga fransiyalik Kaddur Hmiani raqiblik qildi. Sakkiz raund etib belgilangan jang oltinchi raundda referi tomonidan to`xtatildi. Tojiboev mezbon bokschini ketma-ket nokdaun holatiga tushirib qo`ydi va oltinchi raundda texnik nokaut evaziga g`alaba qozondi.  

Ma`lumot uchun, Ispaniyaning ADAMAS Sport boks promouterlik kompaniyasi mijozi bo`lgan Xurshid Tojiboev kecha tunda 7-jangidagi 7-g`alabasini qo`lga kiritdi. To`rtta jangini muddatidan avval yakunlagan. Kaddur ham prof ringda 7 ta jang o`tkazgan. Hisobida 4 g`alaba (2 nokaut) bor edi. Kecha u uchinchi mag`lubiyatini qabul qilib oldi.
 

    Boshqa yangiliklar