O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 16 dekabr kuni Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart To`qaevga mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik telegrammasi yo`lladi.
"O`tgan davr mobaynida do`st Qozog`iston Respublikasi turli sohalarda ulkan o`zgarishlar va tub islohotlarni boshidan kechirganini, mamlakatingizning xalqaro maydondagi hurmati va nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta`kidlamoqchiman", - deyiladi tabrik telegrammasida.
Qolgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ham To`qaevga tabrik yo`llagan. Xususan, Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov Yangi Qozog`istonni barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar jamiyat tomonidan yuqori baholanishiga ishonch bildirgan. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon qardosh qozoq xalqiga tinchlik, farovonlik va yanada taraqqiyot tilagan. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qozog`iston va Turkmaniston xalqlarini ko`p asrlik do`stlik va yaxshi qo`shnichilik rishtalari bog`lab turishini ta`kidlagan.






