AsosiyJamiyat

Toshkentning 5 ta tumaniga yangi sudyalar tayinlandi

'Toshkentning 5 ta tumaniga yangi sudyalar tayinlandi'ning rasmi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan JIB Yakkasaroy, Sirg`ali, Olmazor va Yunusobod tumanlari sudlari va fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudiga yangi sudyalar tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hayitova Adiba G`ofurovna – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Hakimov Azimjon Egamberdievich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Rozimov Shoxabbaz Xudayberganovich– sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Sirg`ali tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Turg`unov Alisher Abror o`g`li – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Olmazor tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Hojimurodov Jasur Jahongirovich – sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar