AsosiyJamiyat

O`zbekiston 100 ta milliy oshxonalar reytingida 76-o`rinni egalladi

'O`zbekiston 100 ta milliy oshxonalar reytingida 76-o`rinni egalladi'ning rasmi

TasteAtlas portali dunyoning 100 ta eng yaxshi oshxonalari navbatdagi reytingini e`lon qildi. 

U mijozlar tomonidan qoldirilgan 395 mingdan ortiq taomlar reytingi va 115 mingdan ortiq oziq-ovqat reytingi asosida tuzilgan.

Birinchi o`rinni Italiya milliy oshxonasi egalladi. 

Mijozlar uning pissa, rizotto, talyatelle, pasta va ravioli kabi taomlariga yuqori baho berishgan.  

Ikkinchi o`rinni sushi, ramen, sashimi, yakitori va mochi kabi taomlari bilan Yaponiya oshxonasi egalladi.

Uchinchi o`rinda giros, suvlaki, mussaka, yunoncha salat va pastisio kabi taomlari bilan Gresiya qayd etildi.

O`zbekiston oshxonasi reytingda 76-o`rinni egalladi. 

Mijozlar lag`mon, palov, obi non va mantiga yuqori baho berishgan.  
Rossiya oshxonasi reytingda 41-o`rinda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog`iston 90-o`rinda, Qirg`iziston 92-o`rinda qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kirmagan.

    Boshqa yangiliklar