1

Abbosbek Fayzullaevning transfer narxi 4 million evroga etdi

Sport 16.12.2023, 18:38
Abbosbek Fayzullaevning transfer narxi 4 million evroga etdi

Transfermarkt portali Rossiya Premer-ligasida to`p surayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi va SSKA klubi hamda O`zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning bahosini 4 million evro deb belgiladi.

Fayzullaevning narxi o`tgan yilning yanvar oyida 300 ming evro edi. Bir yilda uning bahosi qariyb 15 baravarga oshdi. Sharhlovchilarning ta`kidlashicha, SSKAda ikki marta oyning eng yaxshi o`yinchisi bo`lib, milliy jamoa safida JCh-2026 saralash bosqichida muvaffaqiyatli o`yinlar ko`rsatgani 20 yoshli Abbosbekning transfer bahosi oshishiga sabab bo`lgan.

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi kuni kecha jahonning 2023 yildagi eng yaxshi yosh o`yinchisi nomzodlari ro`yxatini e`lon qilgan va 26 nafar da`vogar orasida Abbosbek Fayzullaevning nomi ham qayd etilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1