Hukumat valiahd shahzoda Mishaal al-Ahmed al-Jobir as-Sabahni Quvaytning yangi amiri etib tayinladi, deb yozadi AL Qabas gazetasi. Avvalroq Quvayt davlat televideniesi mamlakat amiri shayx Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh vafot etetganini ma`lum qilgan edi.
Sobiq amir shayx Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh 87 yoshida vafot etdi. Ma`lumotlarga ko`ra, u noyabr oyi oxirida "sog`lig`idagi shoshilinch muammolar tufayli" kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni damda mamlakatda 40 kunlik motam e`lon qilindi, davlat muassasalari uch kunga yopildi.
Bundan tashqari, Misrda ham uch kunlik motam e`lon qilindi. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi o`z bayonotida Quvayt marhum amirini “buyuk va donishmand” deb atadi. Bu haqda Misr rahbari matbuot kotibi ma`lum qildi.






