AsosiyJamiyat

To`ytepada Ai-80 benzinni Ai-92 qilib sotishayotgani aytildi (video)

'To`ytepada Ai-80 benzinni Ai-92 qilib sotishayotgani aytildi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda To`ytepadagi "O`zbekneftgaz"ga qarashli "zapravka"dan benzin olgani borgan sobiq deputatlar Qobul Do`stov va Jahongir To`laganovlar Ai-80 benzinni Ai-92 qilib sotishayotganini aytib chiqqan video tarqalgan edi. 

Energetika vazirligi holatni o`rgandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko`ra, joriy yilning 15 dekabr kuni soat 21:30 lar atrofida ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati Nurafshon shahri Toshkent yo`li ko`chasida joylashgan “UNG Petro” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “To`ytepa” nomli avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzin bo`yicha e`tirozli videolavha tarqaldi va ushbu murojaatdan xabar topgan va aynan o`sha vaqtda boshqa bir hududda o`rganish olib borayotgan Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, “O`zenergoinspeksiya” boshlig`i I.Nimatullaev hamda “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.Sidikov holatni to`g`ri va xolisona baholash uchun voqea joyiga zudlik bilan etib borgan.

J.To`laganov hamda Q.Do`sovga qo`ng`iroq qilinib, ularning ishtirokida “O`zenergoinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan benzindan tahlil uchun namunalar olinishi aytilganida, ular bu taklifni rad etishdi.

Shundan so`ng xolislar va guvohlar ishtirokida bloger “AI-80 quyilyapti”, deb taxmin qilgan AI-92-rusumli hamda AI-80 rusumli avtobenzindan o`rnatilgan tartibda sifat tahlili uchun namunalar olindi.

Olingan namunalar “O`zenergoinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasida sifat tahlilidan o`tkazildi.

Laboratoriya tahlili bloger “AI-80 rusumidagi benzin”, deb gumon qilgan benzindagi oktan soni 92,3 ekanligini ko`rsatdi. Bu miqdor AI-92 rusumidagi benzin uchun xos.

“O`zbekneftgaz” AJ mazkur voqeani shunday qoldirmaydi va ijtimoiy tarmoq orqali yolg`on ma`lumot tarqatib, odamlarni chalg`itgan, nohaq ayblov orqali kompaniya imidjiga hamda AYQShlarda mehnat qilayotgan xodimlar sha`ni va ishchanlik obro`siga putur etkazgan blogerga nisbatan qonuniy choralar ko`rilishini so`rab huquqni muhofaza etuvchi organlarga murojaat qilishini bildiradi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar