AsosiyJamiyat

Farg`onada bir oilaning to`rt a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

'Farg`onada bir oilaning to`rt a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Farg`onada bir oilaning to`rt a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Ma`lumotda keltirtlishicha, joriy yilning 15 dekabr kuni soat 13:00 larda Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida istiqomat qilgan er-xotin M.M., J.N. va ularning voyaga etmagan farzandlari A. M., M.I. qizlari yashash xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, vafot etishgan.

Ko`zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonning yotoqxona va yuvinish xonalari qo`lbola usulda temirdan yasalgan isitish pechiga tabiiy gaz tarmog`i tortilib, isitilib kelingani ma`lum bo`ldi. 

Yong`inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo`limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko`ra, ko`zdan kechirishda mazkur qo`lbola isitish pechlarida tabiiy gaz yoqilgan holatda bo`lganligi, uning dud buroni nostandart holatda tashqariga chiqarilganligi va natijada gaz to`liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz tarqalishiga sababchi bo`lgani ko`rsatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, fuqarolar M.M. va N.J. hamda voyaga etmagan M.A. va I.M.larning o`limi is gazidan o`tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi taqdim etilgan ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar