AsosiyJamiyat

Toshkentdagi mashhur lavashxona faoliyati to`xtatilishi mumkin

'Toshkentdagi mashhur lavashxona faoliyati to`xtatilishi mumkin'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Ekologik nazorat bo`yicha inspeksiyasi tomonidan taniqli bo`lgan ommaviy ovqatlanish shaxobchalaridan biri "Oqtepa lavash"ning faoliyati vaqtinchalikka to`xtatib qo`yilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, "Oqtepa lavash" ommaviy ovqatlanish shaxobchasi O`zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi Qonunning 15, 24, 25, 41-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi "Ekologik ekspertiza to`g`risida"gi Qonunning 11,13, 21-moddasi talablarini qo`pol ravishda buzganligi sababli, vaqtinchalikka, Davlat ekologik ekspertiza xulosasini olgunga qadar faoliyatini to`xtatish bo`yicha Toshkent shahar Tumanlararo Iqtisodiy Sudiga davo arizasi kiritilgan. 

    Boshqa yangiliklar