1

Murodjon Ahmadaliev nokaut evaziga g`alaba qozondi(video)

Sport 17.12.2023, 09:50
Murodjon Ahmadaliev nokaut evaziga g`alaba qozondi(video)

Ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA va IBF  yo`nalishlarida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (12-1, 9KO) navbatdagi jangida ham muddatidan ilgari g`alaba qozondi.

WBA chempionlik kamari uchun eliminator maqomidagi jangda u Kevin Gonsalesga (26-1-1, 13KO) qarshi ringga chiqdi. 

Murodjon avvaliga 6 raundda raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Sakkizinchi raundda esa yana ikki marta raqib erga quladi va hakam jangni to`xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa Murodjon o`zi boy bergan chempionlik kamariga yana birinchi da`vogarga aylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1