AsosiyJamiyat

Xorazmdagi maktabda o`quvchi qizlari o`rtasida janjal sodir bo`ldi

'Xorazmdagi maktabda o`quvchi qizlari o`rtasida janjal sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 12 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab o`quvchi qizlari sinfdoshini samosud qilmoqda” sarlavhasi ostida videolavha tarqatildi.  

Mazkur holat Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida o`rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Videolavhada aks etgan voqea 2023 yil 15 noyabr kuni  Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 17-son umumiy o`rta ta`lim maktabining 7-sinf o`quvchilari o`rtasida  katta tanaffus paytida sodir bo`lgan bo`lib, shu kuni ular o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik va janjal boshqa bir sinfdosh qiz tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylanganligi ma`lum bo`ldi.

Ushbu vaziyat tuman IIB xodimlari tomonidan muhokama qilinib, profilaktika inspektorlari tomonidan O`z.Res MJtKning 47-moddasi 1-qismi bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kelgusida shu kabi holatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi, tuman IIB, mahalla fuqarolar yig`ini faollari hamkorligida janjalda ishtirok qilgan o`quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat o`tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

    Boshqa yangiliklar