Leningrad viloyatining Kudrovo shahrida ishchi uch metr balandlikdan iskaladan qulab tushdi. Bu haqda 78.ru nashri xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa Kudrovoda qurilayotgan ob`ektda sodir bo`lgan, ishchini usta topib, tez yordam xizmatiga murojaat qilgan.
O`zbekiston fuqarosi qurilish maydonchasida uch metr balandlikda ishlayotgan bo`lgan, bir vaqtda erkak yiqilib tushgan va jabrlanuvchini qutqarib qolishning imkoni bo`lmagan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ishchi o`zining ehtiyotsizligi tufayli yiqilgan. Voqea holatlari aniqlanmoqda.






