Samarqand shahrida tizimga 9 mlrd 852 mln so`mlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Energetika vazirligi huzuridagi «O`zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari ishtirokida Samarqand viloyatida navbatdagi reyd tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan «G.B.M.» MChJ (mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro`yxatdan o`tgan, ammo u erda yashirincha mayning faoliyati bilan shug`ullangan) 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, ushbu MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 9 mlrd 852 mln so`mlikdan ziyod qo`shimcha zarar undirishga qaratildi.
Qoidabuzar iste`molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.






