“Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 25, 26, 27, 28 dekabr kunlari 762/761-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi. Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo`nalishi
Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo`nalishi
Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20
Shuningdek, “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida ham qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. Unga ko`ra, 2023 yilning 29, 30, 31dekabr kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi
Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05






