AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" haftalik ob-havo prognozlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" haftalik ob-havo prognozlarini e`lon qildi'ning rasmi

Bugun kunduzi O`zbekiston hududi bo`yicha havo biroz o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida havo 8-13o iliqqacha isiydi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi. Unga ko`ra:

Faqat respublikaning shimoli-g`arbiy hududlariga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi.

Ertaga, 19 dekabr kuni nam va nisbatan sovuq havo massasi O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublikaning ko`pchilik hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Respublika janubida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

20-22 dekabr kunlari respublika hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat 20 dekabr-chorshanba kuni respublikaning ayrim tog` oldi va tog`li hududlarida asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi saqlanib turadi.

19-21 dekabr kunlari davrida havo harorati kechalari 0-5o sovuqqacha, shimolda 5-10o sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7o iliqqacha pasayadi, bu ushbu davr uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlardan 2-3o ga pastdir.

22 dekabrdan harorat ko`tarila boshlaydi, kunduz kunlari havo 7-9o iliqqacha isiydi. Havoning isishi keyingi dam olish kunlarida ham davom etadi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. 18-19 dekabr kunlari ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun yog`ingarchilik kutilmaydi, harorat 9-11o iliq bo`ladi.

Ertaga 19 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-3o iliq, kunduzi 3-5o iliq bo`ladi.

20-22 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat kechalari asosan 2o sovuq-1o iliq, kunduzi 20 dekabrda 3-5o iliq bo`ladi, 21-22 dekabrda 7-9o iliqqacha asta-sekin ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar