Maktabgacha va maktab ta`lim vazirligi ma`lumot berishicha, vazirlik tizimidagi umumta`lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o`quvchilari uchun joriy o`quv yilining II chorak so`nggi kuni 2023 yil 27 dekabr, qishki ta`tilning ilk kuni 28 dekabr sanaladi.
Ta`til 2024 yil 10 yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, III chorak darslari 2024 yil 11 yanvardan boshlanadi.






